Ustozga ta’zim she’ri. Xurshid Karim tomonidan yozilgan ushbu she’rni sizlarga ilindik. Marhamat o’qing.
Ustozga ta’zim she’ri
Shodlik quvonchlarga to‘la barcha qalb,
Bu aziz dargohda bayramdir bu kun,
Bilimga erishgan baxtimiz sabab,
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun.
Maqsadi ulug‘vor ,qadami qutlug‘,
Zaboni shirinu ,kalomi kutlug‘,
Onadek mehribon ,otadek ulug‘,
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun.
Ishlaydi yashnasin yorug‘ olam deb,
Vatanim – g‘ururim ,yurak nolam deb,
Barchani birdayin suygan bolam deb,
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun.
Tunu kun zahmatli mehnati xaqqi,
Qalblarga singdirgan sa’nati xaqqi,
Vatanga shu buyuk xizmati xaqqi,
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun.
Olamda mo‘tabar ustoz degan zot,
Parvozga shaylagan bergan ul qanot,
Ko‘ksi tog‘ ,qalbida metindek sabot,
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun.
Siz sabab dunyoni tanidik bizlar,
Komolga yetishdik yigit-u ,qizlar,
Dunyo turgunicha bor bo‘ling sizlar,
Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun.
Tavsiya etamiz: Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar to’plami.















