30-sentabr hammaga vaqtli ketishga ruxsat beriladi.

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 30-sentyabr, chorshanba kuni bayram arafasidagi ish kuni hisoblanadi. Shu sababli xodimlarning ish vaqti qonunchilikda belgilangan tartibda kamida bir soatga qisqartiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida barcha xodimlar  kamida bir soat vaqtli ketishlari mumkin.

Shunga ko‘ra, 30-sentyabr kuni odatdagi ish vaqtiga nisbatan kamida bir soat kam ishlanadi. Masalan, ish kuni soat 18:00 da yakunlanadigan xodim uchun ish vaqti 17:00 da tugaydi.

Biroq ayrim hollarda ish vaqtini qisqartirishning imkoni bo‘lmasligi mumkin. Jumladan, uzluksiz ishlaydigan tashkilotlar va ayrim turdagi ishlarda bayram oldidan ish (smena) davomiyligini qisqartirish imkoniyati mavjud emas.

Bunday holatlarda xodimning bayram oldidan ortiqcha ishlagan vaqti qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

Shunday qilib, 30-sentyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasidagi ish kuni bo‘lib, odatiy ish rejimida faoliyat yuritadigan xodimlar uchun ish vaqti kamida bir soatga qisqartiriladi.

Manba

Scroll to Top