Toifa olish uchun pedagog.uzedu.uz orqali ro’yxatdan o’tish yo’riqnoma

Toifa olish uchun pedagog.uzedu.uz orqali ro'yxatdan o'tish yo'riqnoma

Toifa olish uchun pedagog.uzedu.uz orqali ro’yxatdan o’tish.

Joriy yilning 1-avgustidan boshlab avgust dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi.

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.

Murojaatlarni:
➡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz — platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi)

➡️Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali

➡️davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

Eslatib oʻtamiz: joriy yil avgust dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari ayni vaqtda Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun hamda «Yil oʻqituvchisi« tanlovining birinchi bosqich saralash sinovi ham hisoblanadi. Shuningdek, mazkur attestatsiyada 86 va undan yuqori ball toʻplab olingan yoki saqlab qolingan oliy hamda birinchi malaka toifalari uchun keyingi ikki yil davomida 70% ustama toʻlab berish amaliyoti ham davom ettiriladi.

🔹Avgust sentyabr oylarida murojaatlar qabul qilinadi;
🔹Oktyabr-Noyabr oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;
🔹Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.

Ariza rad etilishiga quyidagi holatlar sabab bo‘lishi mumkin:

– pedagog kadrlar tomonidan soʻrovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;

– pedagog kadrlar tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani maʼlum boʻlib qolganligi;

– soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;

– attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatganlik uchun belgilangan yigʻimning toʻlanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish holatlari bundan mustasno).

Davlat xizmatlari koʻrsatishni mazkur bandda koʻrsatilgan asoslardan boshqa holatlar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetida murojaat holati haqida quyidagi yozuvlardan biri boʻladi:

Yangi yoki yaratilgan — bu holatda talabgorlar oʻzilarini aniqlagan noaniqliklarni oʻzgartirishlari, maʼlumotlarni tahrirlashlari mumkin;

Jarayonda yoki koʻrib chiqilmoqda — ishchi guruh tomonidan oʻrganish boshlangan, bu holatda maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritib boʻlmaydi;

Qabul qilingan — pedagog kadrga attestatsiyada ishtirok etishga ruxsat berilgan;

Rad qilingan yoki tahrirlashga qaytarilgan — bu holatda toʻgʻrilash mumkin boʻlgan kamchiliklarni toʻgʻrilab, tezda murojaatni qaytadan yuborishga harakat qilib ko’rish mumkin;

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻliq toʻlov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada koʻrinmaydi va oʻrganib chiqilmaydi.

Muhim eslatma: Murojaatlari qabul qilingan barcha pedagoglar ham Shaxsiy kabinetlaridan SOʻROVNOMAni yuklab olib, undagi maʼlumotlar (FISH, ish joyi, amaldagi toifasi, attestatsiya turi, attestatsiyadan oʻtayotgan fani (lavozimi)) toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini tekshirib koʻrishlari shart. Maʼlumotlarda noaniqlik aniqlangan taqdirda zudlik viloyatdagi ISHCHI GURUHlariga murojaat qilishlari kerak boʻladi.

Leave a Comment

Scroll to Top