Sahifamizda hosil bayrami uchun eng sara sherni taqdim etamiz.
Hosil bayramiga sher bolalar uchun.
Kuz faslida Tabiatning eng go‘zal bayramlaridan biri — Hosil bayramini nishonlamoqchimiz. Bu bayramda dalalarimizdan o‘rib olingan oltindek bug‘doy, shirindek mevalar, rang-barang sabzavotlar va xalqimizning mehnati namoyon bo‘ladi. Hosil bayrami — bu mehnatkash dehqonlarimizning qadri, tabiatning ne’matlari va xalqimizning birligi ramzi.
Hosil bayrami
Qarang, savat liq to‘ldi,
Hamma jamuljam bo‘ldi.
Qovun dedi: – kulinglar,
Dasturxonga kelinglar.
Xursand bo‘libdi anjir,
O‘ynatib rosa zanjir.
Kuylabdi karam faqat
Ko‘ylagi qavat-qavat.
Nokvoy tushar o‘yinga,
Gilos taqib bo‘yinga.
Oshqovoq ham tez shoshar,
Kulib umbaloq oshar.









