Bolalar uchun sherlar

Bolalar uchun sherlar. Ushbu maqolamiz yordamida sizlarga bolalar uchun bir biridan qiziqarli hamda o’rganish uchun juda qulay bo’lgan she’rlarni taqdim etamiz. Ularni yod olish ham oson. Masalan paxta haqida, gullar haqida, mevalar haqida she’rlar joylashtiramiz.

Paxta – bolalar uchun sherlar.

Paxta - bolalar uchun sherlar.

Chanoqlarda
Oppoq paxta
Kulib turar,
Qanday baxt-a!
Erkalanib
Tebranadi,
Yal-yal yonib
Tovlanadi.
– Rahmat senga,
Aziz dehqon.
Uyding bizdan
Ulkan xirmon.
Mehnatingdan
Oltin bo’ldik,
Chanoqlarga
Lim-lim to’ldik.

Mevalar – uzum, yong’oq

Kuzimizning go‘zalligin
Og‘aynilar ko‘rganmisiz?
Tokdan xusayni, yerdan qirqma
Shohdan behi uzganmisiz?
 
Uzum uzib, sharbat suzib
Shinniga o‘t yoqqanmisiz?
Gala-gala, shoda-shoda
Duv-duv yong‘oq qoqqamisiz

Bolg’a

Men bolg’aman, bolg’aman,
Qo’shig’imdir taqa-tuq.
Qoqish kerakmi mixni,
Bajaraman,taqa-tuq.
 
Taqa-tuq, taqa-tuq,
Bajaraman,taqa-tuq.
 
Zavqlanaman ishimdan,
Vazifamdan arzim yo’q.
Yumushimni tugatib
Dam olaman, ko’nglim to’q.
 
Taqa-tuq, taqa-tuq,
Dam olaman, ko’nglim to’q.

Arra – bolalar uchun sherlar.

Arra - bolalar uchun sherlar

Tishlarim bor sanoqsiz,
Vazifam taxta qirqish.
Qo’lga olib ishlatsang,
Qo’shiq aytaman g’iz-g’iz.

Qo’shiq aytaman g’iz-g’iz,
Jo’shib aytaman g’iz-g’iz.
Zavqlanaman qirqishdan,
Qirqish menga oson ish.


Qani ishni boshlagin,
Qo’shiq aytayin g’iz-g’iz.
Qo’shiq aytayin g’iz-g’iz,
Jo’shib aytayin g’iz-g’iz.

Teshsha

Chopish, kesish vazifam,
Bajaraman bir zumda.
Foydam tegsa kimgadir,
Quvonaman o’zimdan.

Men teshaman, teshaman,
Yasalgandim kecha man.
Men ham bitta ish qurol,
Tanib oldingiz darhol.


Tanam po’lat-temirdan,
Dastam esa oddiy tol.
Men teshaman, teshaman,
Yasalgandim kecha man.

Uztozim sizga ta’zim

Qo‘limga qalamni ushlatdi ilk bor,
Shu ondan qalbimda boshlandi baxor,
Undan-da buyukrok, ulug‘rok kim bor,
Ustozim, ustozim, Sizga ming ta’zim

Ustozlar bolalar uchun .

Ustozlar bolalar uchun 

Hayot ummonida bamisli mayoq
Yiroqlarga nazar tashlar ustozlar
Sodiq shogirdlarga berarkan saboq
Doimo hak yo‘lga boshlar ustozlar.

Muallim.

Nur yog’ilar yuzidan,
Bol topamiz so’zidan,
Qolmaymiz hech izidan,
Deydilar:- Bo’lgin olim,
Bizning dono muallim.

So’zlarida ko’p ma’no,
Bo’linglar deydi dono,
Maktabda ota-ona,
Yuzida mehr lim-lim,
Bizning dono muallim.

Shirindir xo’p so’zlari,
Bizda mudom ko’zlari,
Ko’pdir o’g’il-qizlari,
Erkalar asal-bolim,
Bizning dono muallim.

Sochlariga oq tushgan,
Mudom bag’riga quchgan,
Biz bilan ko’kka uchgan,
Bizning dono muallim.
Bizning dono muallim.

Tavsiya etamiz : Ustozlar haqida boshqa she’rlar

Arazchi.

Sariq jo’ja arazladi,
Do’stlaridan.
Aniqrog’i hafa bo’ldi,
So’zlaridan.
Chunki u-chi, sariqlardan
Yolg’z edi.
Topganini baham ko’rmay,
Yolg’iz yerdi.
Shu bois ham uni “tanho”
Deb atashdi.
Sariq jo’ja baham ko’rmay
Xo’p adashdi.

Yomg’ir

Yomg’ir, yomg’ir, yomg’irjon,
Mayda-mayda yog’aver.
Chang-g’uborni tozalab,
Tabiatga oro ber.

Ko’rkam bo’lsin tabiat,
Butun borliq yashnasin.
Ko’rkam bog’da qushlar ham,
Shodon bo’lib yashasin.

Yomg’ir, yomg’ir, yomg’irjon,
Mayli mayda yog’aver.
Dov-daraxt-u, qushlarga,
Insonlarga yoqaver.

Yomg’ir, yomg’ir, yomg’irjon,
Yomg’ir, yomg’ir, yomg’irjon.

Sholg’om

Ertakdagi sholg’omman,
Abjirman va polvonman.
Birgalashib tortdilar,
Hammaga yoqqan ta’mman.

Naqorat.
Ey sholg’omjon,sholg’omjon,
Tanamizga darmonjon.
Sen sholg’omjon,sholg’omjon,
Yuzi qizil sog’lomjon.2-marta.

Tavsiya etamiz : Ota ona haqida she’rlar

Leave a Comment

Scroll to Top