Abdulla Oripov hayoti va ijodi, mashhur sherlari va tahlili.
Abdulla Oripov — o’zbek adabiyotining buyuk shoiri, Vatan madhiyachisi. Abdulla Oripov sherlari o‘zbek xalqining ruhiy boyligi, milliy g‘ururi va istiqlol ramziga aylangan. Quyida Abdulla Oripovning hayoti, ijodi va mashhur sherlaridan namunalar bilan tanishishingiz mumkin.
Abdulla Oripov hayoti.
Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida tug‘ilgan. U yoshligidan she’riyatga qiziqib, keyinchalik o‘zbek adabiyotining eng mashhur shoirlaridan biriga aylandi. Abdulla Oripov O‘zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo‘lgan, senator va davlat arbobi sifatida ham faoliyat yuritgan. 2016-yil 5-noyabrda vafot etgan bo‘lsa-da, uning she’riyati xalq qalbida abadiy yashab kelmoqda.
Abdulla Oripov ijodi.
Shoirning ijodi 1960-yillarda boshlangan. Ilk to‘plami “Mitti yulduz” bo‘lib, keyinchalik “O‘zbekiston — Vatanim manim”, “Genetika”, “Inson”, “Haj daftari” kabi mashhur asarlari bilan adabiyotimizda yorqin iz qoldirdi. U o‘z she’rlarida Vatanga sadoqat, ozodlik, mehr-muhabbat, milliy qadriyatlar va insoniylikni ulug‘ladi.
Abdulla Oripovning eng mashhur sherlari.
-
O‘zbekiston — Vatanim manim
-
Sen yetim emassan
-
Ona tilim
-
Genetika
-
Haj daftari
-
Yurtim shamoli
Bu she’rlar o‘zbek adabiyotining oltin fondiga kirgan asarlar bo‘lib, har birida shoirning chuqur falsafiy qarashlari va milliy g‘ururi aks etadi.
Abdulla Oripov sherlari tahlili.
-
“O‘zbekiston — Vatanim manim” she’rida shoir ona yurtni madh etib, uning go‘zalligi va qudratini ifodalagan. Bu asar o‘zbek xalqining istiqlol ruhini tarannum etadi.
-
“Genetika” she’rida ilm-fan va falsafiy tafakkur uyg‘unlashgan. Shoir insoniyat kelajagi va taraqqiyotini o‘ziga xos badiiy ohangda yoritadi.
-
“Ona tilim” she’rida esa millatning ruhiy tayanchi bo‘lgan tilimizning ahamiyati ulug‘lanadi.
Shoir haqida qiziqarli faktlar.
-
Abdulla Oripov O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matnini yozgan.
-
U ko‘plab jahon adabiyotidan asarlar tarjima qilgan, jumladan Dante Aligerining “Ilohiy komediya” asarini o‘zbek tiliga o‘girgan.
-
Shoirning ijodiy merosi yuzlab she’rlar, dostonlar va tarjimalardan iborat.
-
Uning nomi bugun maktablar, ko‘chalar va madaniyat markazlariga berilgan.
Abdulla Oripov eng go’zal sherlari.
Muallim
Muallim haqida soʻzim ushbudir:
Muallim kamolot ichra koʻzgudir.
Oʻqidim Gerodot, tarixni koʻp bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.
Barini oʻqidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan oʻzing, muallim.
Alisher qalbiga solgan sehr-fayz
Sensan,ey muallim, ustoz Abul-Lays.
Qutlugʻ xonadonda qutlugʻ kalom bu,
Hamid Olimjon bu, Gʻafur Gʻulom bu.
Buyuk Temur sendan topgandir taʼlim,
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim.
Rost aytsam, oʻzingsan eng avval daho,
Sen hayot ganjida durri bebaho.
Ulugʻ ayyomingda sheʼriy kalom bu,
Shogirdlar nomidan qutlugʻ salom bu .
To’ylar
To’yga aytgan edi aziz bir do’stim,
Do’konni aylanib, sovg’a ham oldim.
Bordim, to’yxonaga yo’q edi hech kim,
Yanglishib kelibman men bir kun oldin.
Yana bir og’aynim, o’z-o’ziga to’q,
To’y qilishni kutdi, kutdi ichikib.
Borsam, tantanadan zarra nishon yo’q,
Axir, men kelibman bir kun kechikib.
Xayot shukronaga mutloq munosib,
Tiriklik o’zidir oliy mukofot.
Har kimga baxt-iqbol aylasin nasib,
Uysizga uy bersin, bemorga najot.
To’yning-ku uzrini aytmoqlik oson,
Qutlovning eshigi hamisha ochiq.
Lekin dilni qiynar boshqa bir armon,
Qayda u – nasibang senga yarashiq.
Yonma-yon yurarkan sevinch bilan g’am,
Bir holni tushunmay, hayronman, ammo
Dunyoni ne’matim deganding, Egam,
Erta keldimmi men, kechikdimmi yo?
Abdulla Oripov
2014- 16- sentabr
Ona tilimga – Abdulla Oripov.
Ming yillarkim bulbul kalomi
O’zgarmaydi, yaxlit hamisha,
Ammo shörlik tötining holi,
O’zgalarga taqlid hamisha,
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman,
Sen yõqolgan kuning shubhasiz
Men ham töti bölib qolaman.
Onajon.
Onam Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga
Izoh:
Shoir onasining xotirasiga bag‘ishlangan bu she’rda chuqur sog‘inch, armon va ona mehrining cheksizligi tasvirlangan.
I
Necha kunki yoq oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Qollarida oq elpigich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.
Keltirarlar goho beshik
Kozlarida hayajon.
Yotar payting boldi-ku der,
Kela qol, der, bolajon.
Qaylargadir yuguraman,
Figonimdan chiqar dud.
Yiglama, deb qollarimga
Tutqazarlar song tobut.
Tongda ruhsiz koz ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.
Axir ozing der eding-ku,
Silab oksuk boshimni:
– Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.
Afsus, ozing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bagrim ezar,
Ajradik deb onamdan.
Bevaqt xazon bolmay har kim
Yoshab otsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab otsin dunyoda.
Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.
Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon.
II
U kun chetda oh chekardim
Gussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
Yostigingning ostidan.
Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech oyiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning toyiga.
O, oglingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan kora bagrim oysang
Bolardi-ku, onajon.
Zarragina rahm etgali
Sabring menga yoqmidi?
Onajonim, bundan ozga
Jabring menga yoqmidi?
Yoqmidi hech ozga gaping, –
Nola qilib soylasang.
Nahot, axir songgi dam ham
Farzandingni oylasang.
Axir orzu qochib ketmas,
Bitkazar-ku tiriklar.
Onajonim, bir kunini
Otkazar-ku tiriklar.
Unutilar gussalar ham,
Orzular ham chozar boy.
Onajonim, balki bir kun
Aytganingday bolar toy.
Balki sening qabring uzra
Kokarganda gul, chechak,
Ostonamga qadam qoyar,
Sen istagan kelinchak.
Kimdir uning yollariga
Balki gul ham sochadi.
Balki munis opajonim
Kel, deb, quchoq ochadi.
Balki dostlar davrasida
Kamim bolmas hech qachon.
Lekin seni osha damda
Qaydan topay, onajon.
III
Esimdadir, titrar edim –
Gamgin, bolish pastida.
Kitobimni kordim nogoh
Boshginangning ostida.
Toshday qotdim oshal oni
Bor toqatdan ayrilib.
– Shoir oglim, – deding menga
Sekingina qayrilib.
Onajonim, song bor menga
Nafas qilding u zamon.
Shoir bolgin, deya balki
Havas qilding u zamon.
Onajonim, balki men ham
Bir kun shavqqa tolarman.
Balki men ham aytganingday
Bir kun shoir bolarman.
Kuylay desam hurmatingni
Ushbu kunda tilim lol.
Balki faqat shu sababli
Shoir bolsam ehtimol.
Balki sarson-arosatda
Qolib ketmas bu tanim,
Kamolimni korar balkim,
Yurtim, ona Vatanim.
Payti kelib tolar bir kun
Paymona ham beomon.
Kuzatarlar meni ham song
Senga tomon, sen tomon.
Balki u kun boshim uzra
Dostlar bosh ham egadir.
Osha damgi iqbolim ham,
Onajonim, sengadir.
Dilda neki jur’atim bor,
Dilda neki hayajon,
Bari, bari senga bolsin,
Senga bolsin, onajon.
Senga bolsin bor hayotim,
Nomim, shonim bir yola.
Xotirangga ushbu she’rni
Yozdi ogling Abdulla.
O’zbekiston sheri.
Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o’z yurtin butun –
Olam aro atagan tanho.
Ular she’ri uchdi ko’p yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir o’lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.
Yurmasman hech behishtni izlab,
Topolmasam chekmasman alam.
O’tirmasman ertaklar so’zlab,
Musallo deb yo’nmasman qalam.
Ko’klamingdan olib sururni,
Dovrug’ soldi ustoz Olimjon,
G’afur G’ulom tuygan g’ururni
Qilmoq mumkin dunyoga doston.
Olis tarix qadamim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.
Kechmishing bor chindan ham uzoq,
Ilg’ay olmas barchasin ko’zim.
Maqtamasman moziyni biroq,
O’tmishingni o’ylayman bir zum.
Zabtga olib keng Osiyoni,
Bir zot chiqdi mag’rur, davongir,
Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqshatdi Buyuk jahongir.
Aytgum, bu kun, u manim, manim.
O’zbekiston, Vatanim manim.
Bobolardan so’z ketsa zinhor,
Bir kalom bor gap avvalida.
Osmon ilmi tug’ilgan ilk bor
Ko’ragoniy jadvallarida.
Qotil qo’li qilich soldi mast,
Quyosh bo’lib uchdi tilla bosh.
Do’stlar, ko’kda yulduzlar emas,
U, Ulug’bek ko’zidagi yosh.
Erda qolgan, o, tanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.
Ko’z oldimdan kechar asrlar,
Ko’z-ko’z etib nuqsu chiroyin.
Sarson o’tgan necha nasllar,
Topolmasdan tug’ilgan joyin.
Amerika – sehrli diyor,
Uxlar edi Kolumb ham hali,
Dengiz ortin yoritdi ilk bor,
Beruniyning aql mash’ali.
Kolumbda bor alamim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.
Izoh: Abdulla Oripovning “O‘zbekiston — Vatanim manim” she’rida shoir Vatanini eng ulug‘ qadriyat sifatida tasvirlaydi.
Kuz manzaralari.
Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bog‘larda hazonlar yonadi lov-lov.
Do‘stlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan to‘kilgan olov.
Shohlarda mezonlar yaltirar hira,
Poyida shivirlar mening kuylarim.
Do‘stlarim, bular ham mezonmas sira,
Bu mening chuvalgan, so‘ngsiz o‘ ylarim.
Quyosh ham falakda bamisli ro‘yo,
U endi yondirmas, yaltirar faqat.
Do‘stlar, u ham endi quyoshmas aslo,
U olis yoshliqda qolgan muhabbat.
Izoh:
Bu she’rda shoir kuz manzaralarini tasvirlab, uni qalbidagi iztiroblar, yoshlik xotiralari bilan uyg‘unlashtirgan. Barglar – muhabbat va vaqt ramzi sifatida keladi.
Marsiya
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovga
Bir xabar tarqaldi, tun yarim edi.
Go’yo g’am seliga botdim, yo’qoldim.
Kimdir yo’lboshchidan ayrildik dedi.
Men-chi aziz do’stdan ayrilib qoldim.
Kimning xayoliga kemishdir axir,
Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor.
Alam bo’g’zimizda achchiq va taxir,
Bu g’amni na cheki chegarasi bor.
Ketdi nogohda aytmay bironta so’z,
Hijron olovida barchani tashlab.
O’zbek osmonida so’ndi cho’ng yulduz,
Katta-yu kichikkning ko’zini yoshlab.
Biz –noqis bandalar, o’ylamay goho,
Boshimiz silagan qo’lni tishladik.
Yuz yillab teskari aylandi dunyo,
O’zi emas, o’zgalar uchun ishladik.
Biz–ojiz bandalar, anglamay turib,
Burovning zabonin sanadik afzal.
Shu yurt daholarin bilib va ko’rib,
Begona zodlarga yasadik haykal.
Bosqin tepamizda turar edi zil,
Uni tag-tubidan buzmoq shart edi.
Asriy vayronaning o’rnida dadil,
Yangicha mamlakat tuzmoq shart edi.
Foniy bu dunyoning baland-pastiga,
Teran nazar tashlab o’tdi bu Inson.
Millat qadri deya yashab aslida,
Xalqining dardiga bo’loldi darmon.
Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin g’urur yashab havas qilgulik.
Abadiyot o’sdi ko’z oldimizda,
Shundoq yonimizdan o’tdi Mangulik.
Izoh:
Bu marsiya O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, xalqning chuqur iztirobi va shoirning shaxsiy qayg‘usi ifodalangan.
Ona yurt
Siz, sohibdavlatlar, zotlar muhtaram,
Oʼzingizga siylov uyalaringiz.
Meni eshitmassiz ehtimol hech ham,
Biroq, yetkazadi xufyalaringiz.
Yetkazadi, goʼyo Oʼrta Osiyoda
Аllaqanday shoir bir gan aytipti.
Saylovchilar tirgak sizga dunyoda,
Bu toʼlqin bir kun bor, bir kun — qaytipti.
Eʼtibor aylangiz, aziz toʼralar,
Oʼylang siz ham axir oʼz taningizni.
Tutab yonmoqdadir oʼrmon, qoʼralar,
Nega oʼylamaysiz Vataningizni?
Sira oʼylamaysiz ostonangizda
Imdod soʼrab yotgan gadolarni siz.
Har kuni kutgaysiz koshonangizda
Oʼzingizga oʼxshash podsholarni siz.
Аmmo mening uchun juda gʼalat hol:
Bir chekkaga qoʼying sharaf ham shonni,
Nega gʼalvangizdan yuz burib darhol,
Siz oʼylay boshlaysiz Oʼzbekistonni?!
Oʼzbek der: oʼzingga yeng boʼlolmasang,
Аslo boʼlolmassan boshqaga etak.
Kimligim haqida olam chalgan zang,
Аzal buyukligim boʼlgan-ku ertak.
Mening togʼlarim bor — balanddir, pastdir.
Nima boʼlganda ham ular meniki!
Baxshi ovozimi, maqommi, sasdir –
Nima boʼlganda ham ular meniki!
Meniki sanalur Jayhun, Sayhun ham,
Mushtipar musicha ku-kusigacha.
Meniki atalur Istiqbol – bolam,
Jajji nabiramning kulgusigacha.
Meniki shu Vatan, meniki shu yurt,
Bozorim, mozorim, shahru kentim ham.
Huquqim meniki, aylamang unut,
Meniki saylagan Prezidentim ham!
Sizga shoirona bitta soʼz aytay:
Fahm eting yumaloq-yapalogʼini.
Unutmay turibsiz balki, har qalay,
Bobom Аmir Temur shapalogʼini.
Izoh:
“Ona yurt” she’rida shoir Vatan va xalq taqdiri uchun kuyinadi. Adolat, xalq dardi va milliy iftixor kuchli ohangda ifodalanadi.
Poliz qo’riqchisi she’ri.
Chaylamiz bor edi,
Dalada edik,
Jayralar o’ch bo’lar qovun-tarvuzga.
Har holda, cho’chitib turadi dedik ,
Qo’riqchi o’rnatdik bir kun polizga.
O’risning xochidek butani chopdik ,
Yerga qadab qo’ydik оyoq-dastakni.
Qaydandir eski bir shlyapa topdik,
Egniga kiygizdik yag’ir po’stakni.
G’aroyib qo’riqchi bo’lgandi paydo,
Dovdirar, tushsa gar shaytonning ko’zi.
Uzoqdan qorasin ko’rganda goho,
Juftakni rostlardi bolalar o’zi.
Endi u joylarda qovun poliz yo’q,
Jayra ham, tarvuz ham yo’qdir, albatta.
Baland imoratlar ko’kka urar do’q,
Faqat saqlangandir chinorlar, katta.
Biz ham ulg’ayganmiz, ulg’aydi dunyo,
Qoldi xotiralar misoli yetim.
O’sha guzarlardan o’tganda ammo,
Qo’riqchini eslab, junjikar etim.
Izoh:
Bu she’r ramziy ma’noda yozilgan. Shoir poliz qo‘riqchisi timsoli orqali Vatan, xalq va milliy qadriyatlarni himoya qilish g‘oyasini ilgari suradi.
Hayit sheri.
Hayit kunlarida janglar ham to‘xtab,
Qilichlar qiniga qaytib kirguvsi.
Mo‘minlar egizak jonlarga o‘xshab,
O‘zgaga boqqan choq o‘zni ko‘rguvsi.
Umidvor har kimsa topib kushoyish,
Qorong‘i dillarga yog‘ib turgay nur.
Uyquda farog‘at, yurtda osoyish,
Duolar ijobat, niyatlar manzur.
Adovat, hasadni kasb etgan inson,
Mayli yo shoh yo gado, yo sayid bo‘lsin.
Iloyo bariga baxsh etsin iymon,
O‘tar har lahzasi bir hayit bo‘lsin…
Izoh:
“Hayit” she’rida milliy bayramning fayzi, quvonchi, xalqning mehr-oqibatga to‘la kayfiyati tasvirlangan.









