
Jadidlar — o‘z xalqining uyg‘onishi, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida fidokorona xizmat qilgan buyuk zotlardir. Shoir Iqbol Mirzo o‘zining “Jadidlar” sheri ana shu fidoyi ajdodlarga chuqur hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini samimiy satrlarda ifoda etgan. Quyida siz jadidlar haqida yozilgan eng ta’sirli she’rlarni — millat g‘ururi va ma’naviy merosini tarannum etuvchi asarlarni topasiz.
“Jadidlar” – Iqbol Mirzo sheri.
Sohilda sayr qilib, atirgul hidlar.
Xayolchan boqadi gʼoziy shahidlar…
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Shaxsiy namuna yoʼq, chunki Ibrat yoʼq,
Olimlar juda koʼp, bitta Fitrat yoʼq,
Shu sabab majol bor, kuch bor, qudrat yoʼq,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Ular gʼisht qoʼygan, biz toshlar otamiz,
Ular soʼz yigʼganlar, biz gap sotamiz,
Ular kun kutgan, biz oylik kutamiz,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Tavallo, Qodiriy, Choʼlponlar qayda?
Hamzaxonlar qayda, Usmonlar qayda?
Ogʼiz juda katta, yuraklar mayda,
|Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Oʼshalar bizlarning bobolarmikan?
|Bizdan oʼzlarini topolarmikan?
Bizni nabiram deb tan olarmikan?
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Ular maktab qurgan, biz uy quramiz,
Ular gʼoya surgan, biz oʼy suramiz.
Yoppa tomoshabin boʼlib turamiz,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Qopogʼon davr edi, qattol, qatagʼon,
Otilib chiqqanni shartta otagʼon…
Bugun yuki yengil tuya yotagʼon…
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Oʼziga kelmaydi oʼzdan ketganlar,
Ixlos qoʼyib shayton dumin tutganlar…
Qani yurt deb oʼzini unutganlar?
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Sheʼr avjida birdan qalam sekinlar,
Buyuk ustozlarim nima derkinlar?
Soʼnggi jadid edi Аbdulla, Erkinlar…
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Ufqqa urilib, qaytib kelgan oʼq
Mening yuragimni teshib oʼtgan choʼgʼ.
Muallimlar serob, Аvloniylar yoʼq.
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Taʼlim-tarbiyani najot bilganlar,
Ilmiga oʼzlari amal qilganlar.
Qarang, amal deb oʼz jonin yulganlar,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Maishat, toʼy, hasham bosh maqsad hamon,
Gapdan boshqa gap ham bor, ey qadrdon!
Hamma zamonda ham kelmaydi zamon,
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Zanglagan zehnimni charxlab beradigan,
Umrim savdosini narxlab beradigan,
Shu sheʼrni oʼgʼlimga sharhlab beradigan
Jadidlar yetishmayapti, jadidlar.
Kechiring jadidlar.
Siz yulduz bo‘ldingiz, zulmatli kunlar,
Siz bilan yorishdi, azalij tunlar.
Sizlarning qadringiz bilmadi olam,
Bizlarni kechiring, jadid bobolar!
Siz qurbon bo‘ldingiz, erkinlik uchun,
Zamona zo‘rniki bo‘lgandi ne chun?
Yangi O‘zbekistonda qadringiz ulug‘,
Bizlarni kechiring, jadid bobolar!
Yoshlar o‘rganmoqda, bugun sizlarni,
O‘zbek uyg‘onmoqda, ochib ko‘zlarni.
Bu kun ruhi baland o‘g‘il-qizlarni,
Sizlarga izdoshmiz, jadid bobolar!
Ma’rifat bayrog‘in tutgan jadidlar.
Zulmatni yoritg‘an, ziyolar sochgan,
Ilm-ma’rifatga quchoq inochgan,
Ilm-u rufon deya jonidan kechgan,
Fidokor, najotkor aziz jadidlar!
Ma’rifat bayrog‘in baland tutdilar,
Maktablar ochdilar, ham o‘qitdilar,
Vatanni ulug‘lab she’rlar bitdilar,
Jasorati yuksak ulug‘ jadidlar!
Har so‘zda haqiqat, har so‘zda orzu,
Elim deb, yurtim deb sochdilar yog‘du,
Ular xotirasi yashaydi mangu,
Mangulik qsrini qurgan jadidlar!








