Bolajonlar uchun qushlar haqida sherlar.
Bolajonlar tabiatni, ayniqsa, qushlarni juda yaxshi ko‘rishadi. Qushlarning chiroyli sayrashi, uchib yurishi va rang-barangligi ularni yanada qiziqtiradi. Shu bois qushlar haqida yozilgan she’rlar bolalarning dunyoqarashini kengaytiradi, tabiatni sevishga, mehribon va mehr-oqibatli bo‘lishga o‘rgatadi. Quyida kichkintoylar uchun qushlar haqida eng chiroyli va o‘qishga oson she’rlarni taqdim etamiz.
Qushlar haqida 5ta qiziqarli ma’lumot.
-
Qushlar uchishda juda yengil bo‘lishi kerak. Shuning uchun ularning suyaklari ichi bo‘sh bo‘ladi. Shunday qilib, ular osmonda erkin uchib yurishadi.
-
Kolibri eng kichkina qush hisoblanadi. U hatto kapalakdek kichkina bo‘lib, qanotini bir soniyada 50 martadan ham tezroq qoqadi.
-
Tuyaqush ucholmaydi, lekin u juda tez yuguradi – odamdan ham, mashinadan ham tezroq yugurishi mumkin!
-
Qarg‘alar juda aqlli qushlar. Ular o‘zlari uchun asbob yasay oladi va ovqat topishda ishlatadi.
-
Papugaylar odamdek gapira oladi. Ular eshitgan so‘zlarni yodlab olib, qaytarib aytishi mumkin.
Qushlar haqida sherlar.
Qushlar,qushlar,qushlarjon,
Chumchuq,qarg’a,zag’izg’on.
Patlari turli rangda,
Sayrashi roxatijon.
Qushlarning ko’p turlari,
Yashash joy-makonlari.
Chumchuq,kakku va oqqush,
Burgut,lochin va boyqush.
Mittigina kalmarlar,
Juda ulkan tuyaqush.
Navoga boy bulbullar,
Xammasi umumiy-qush.
Kuz kelganda ko’p qushlar,
Uchishadi janubga.
Qishlovchi qushlar uchun,
Yasadik bizlar uycha.
Mavsumiy qushlar.

Kuz kelganda qushlar,
Uchib ketar janubga,
Chunki sezadi ular,
Yaqin qolganin qishga.
Laylak,turna,qaldirg’och,
Yana yovvoyi o’rdak,
Issiq ulkàga uchar,
Ular mavsumiy qushlar.
Xayr qushlar,qushlarjon,
Bizlar seni kutamiz,
Yig’ib quydim sizga don,
Kelsang qushiq aytamiz.
Turna haqida sherlar.

Turnaman ko‘zda surma,
Qaddi~qomatim so‘rma.
Tizilishib uchganda,
”Arg‘imchoqmi?”deb yurma.
Qarg’a haqida sher.
Qarg‘aman~qora chopon,
Panjam naq burgutsimon.
Qorli o‘lkadan kelib,
Chinorda qurdim makon.
Yomon ko‘rmang siz meni,
Qora debon patimni.
Qor~qor deganim bilan,
Men bahorni sevaman.
Qaldirg‘och haqida sher.

Meni derlar qaldirg‘och,
Erta tong eshiging och.
Bahordan salom aytay,
Baraka urug‘in soch.
Saratonda ishlasang,
Qo‘shiq aytib turaman.
Peshonangdan oqsa ter,
Patim bilan yuvaman.
Hosillarni yig‘volib,
Rejalaring bo‘lsa yuz.
Men uchaman janubga,
Havo sovib,keldi kuz.
Kelasi bahorgacha,
Sog‘~omon bo‘l dehqonim.
Navro‘zda ko‘rishamiz,
O‘zbek eli~qadrdonim.
Musicha.
~Hoy musicha,musicha,
Ku~kulaysan sen muncha?
~Bergan ushoqlaringga,
Raxmat aytaman shuncha!
Chumchuq haqida sher.

Chumchuq oshna qalaysan?
Nimalar deb ko‘ylaysan.
Chirq-chiriq,chirq-chiriq,
Isinvolay quyosh chiq.
Bu yil kelganda bahor,
Uy quraman pechi bor.
G‘amlayman ishlab donni,
Shu qishda qarashivor.
Oqqush haqida sher.

Oqqush deydilar meni,
Soz qush deydilar meni,
Kelishganman, chiroyli,
Qushmisan, qush kiroyi.
To’tiqush haqida sherlar.
To’tiqush mening nomim,
Turolmayman bir zum jim.
Ko’p so’zlarni bilaman,
Faqat taqlid qilaman.
Tovus haqida sher.
Tovusdir mening otim,
Chiroyli par-qanotim.
Tovlanaman turlicha,
Oliftaman-da picha…









