Hosil bayrami, Mehrjon bayramiga mevalar haqida sherlar bolalar uchun.
Mevalar haqida sherlar – bolalar uchun.
Mevalar – tabiatning eng shirin ne’matlaridan biridir. Ular nafaqat mazali, balki sog‘liq uchun ham foydali. Bolalar esa mevalarni ayniqsa yaxshi ko‘radi! Quyida siz uchun olma, uzum, tarvuz, nok va qulupnay haqida quvnoq, oson yod olinadigan she’rlarni taqdim etamiz. Bu she’rlar bolajonlarning bilimini boyitadi va tabiatga mehr uyg‘otadi.
🍇 Uzum haqida she’r
Toki yozdan kuzgacha,
Pishar uzum to‘plamcha.
Bir-biriga tizilgan,
Marjon kabi chiroycha.
🍐 Nok haqida she’r
Nokning rangi sarg‘ishdir,
Ta’mi esa shirin, bir.
Har bir bolga foydali,
Vitaminlar to‘la-dir!
🍉 Tarvuz haqida she’r
Katta, yumaloq tarvuz,
Ichi qip-qizil, suvga to‘q.
Issiq kunda yesang agar,
Chanqog‘ingni bosar yoq!
🍓 Qulupnay haqida she’r
Qizil rangli qulupnay,
Har bir bola sevadi.
Shirin, tiniq, xushbo‘y u,
Bahor uni bezaydi!
Olma:
Olmadir mening ismim
Biram yoqimli hidim
Anor:
Loladek qip qizil rangdaman
Mevalar ichra a’loman
Nok:
Xush ko‘rishar azaldan
Shirindurman asaldan
Uzum:
Marvarid shodasiday
Ishkomlarda osig‘liq
Tarvuz:
Men kabi shirin ne’mat
Topilmaydi dunyoda
Qovun:
Tanaga quvvat berar
Tilimim tilni yorar
Sholg‘om:
Men haqida ertaklar
Yaxshilikka yetaklar
Sholg‘om bobo deb meni
Tabobatda siylashar
Pomidor:
Men bilan taomlar
Chiroyli rangga kirar
Palov to‘ra yonidan
Menga albat joy yetar
Baqlajon:
Kaminani nomlari
Mulla baqla, baqlajon
Oshpazlar salat qilsa
Yeb to‘ymaysiz hech qachon
Qovoq:
Meni derlar qovoq, kadi
Ming dardga darmon kadi
Anor:
– Garchi bo‘yim pastgina,
Po‘stim ham yarashiqli.
Mevam qizil donacha,
Anor shaklim o‘zgacha
Behi:
– Malla tukli momiq po‘st,
Artsang chiqar qattiq po‘st.
Deyishar meni behi,
Mevalar shohi behi.
Shaftoli:
– Mayin tukli, momiqqina,
Yesang yumshoq, suvlikkina.
O‘rik menga qarindosh,
Shaftoliman hali yosh.
Uzum:
– Gar o‘rmalab o‘ssam ham
Mevalarim ko‘p g‘ujum.
Charos, toyfi, husayni,
Deydilar meni uzum.
Nok:
– Shaklim misli nosqovoq,
G‘irchillayman yegan chog‘.
Yesang deysan ko‘p rahmat,
Nokman, kelgin marhamat.
Sabzi va Olma dialogi.
Olma:
– Men daraxtda pishaman,
Pishsam to‘p-to‘p tushaman.
Shaklim yum-yumaloq,
Rangim qizil, sariq oq.
Bog‘bon bobom mevasi,
Hammaning arzandasi.
Daraxtdir mening uyim,
Sog‘liq tilashdir o‘yim.
Sabzi:
– Yer ostidir makonim,
Quyoshni ko‘rmas yuzim.
Lekin shifobaxshlikda,
Qolishmasman, chin so‘zim.
Rangim qizil yo sariq,
Shaklim uzun va oriq.
Dehqonning zahmatidan
Bo‘larman elga tortiq.
Olma:
– Ona quyosh taftidan,
O‘sib bahra olamiz.
Elimiz dasturxonin,
To‘la-to‘kis qilamiz.









