Konstitutsiya haqida sherlar. Ushbu maqolamizda biz sizlar uchun konstitutsiyamiz haqida she’rlarni taqdim etamiz. Ushbu she’rlar to’plami juda ajoyib bo’lib, ulardan bemalol foylanishingiz mumkin bo’ladi.
Konstitutsiya muqaddas.

Huquqimiz bayon etguvchi,
Har moddasin bilib olsak bas
Bizni doimo himoya etar,
U barchaga birday muqaddas.
Konstitutsiya kitobi.
— Men baxtnoma kitobman,
Aql hamda idrokman.
Kimki meni o’qisa,
Manguga men hamrohman.
Yo’l ko’rsatib charog’on,
Sizni qilay farovon!
Tavsiya etamiz : Bolalar uchun boshqa she’rlar
Konstitutsiya oliy qomusim
Sening bitik yo‘ling kurashdir yiroq.
Bir bobing To‘maris ko‘targan chiroq,
Yozdi bir bobingni qon bilan Shiroq,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitutsiyam — oliy Qomusim.
Sening manzilingni ko‘zlagan karvon,
G‘aznaviy, Temuriy, Boburiy davron,
U karvon boshida Navoiy sarbon,
Ey, mening o‘zligim — g‘urur, nomusim,
Konstitutsiyam — oliy Qomusim.
Qomusim sharofati – Konstitutsiya haqida sherlar.

Iymonli elimning baxtli farzandi,
Mehnatdan baxt topgan asalu qandi.
Farovon zamonam porloq dilbandi,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
Mustaqil diyorimni himoya etgan,
Dono hur fikrlari jahonga yetgan.
El – yurt qalbidan g’uborlar ketgan,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
G’amxo’rdir Vatanim bizga mehribon,
Baxtimizga baxt qo’shar erkin, farovon.
Kelajagim porloq, yo’lim nurafshon,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
Har tomon uzatsam yetar qo’llarim,
Istiqbolga yuz tutgan o’ngu so’llarim.
Nurlarga ko’milgan oydin yo’llarim,
Baxtliman buyuk Qomus sharofatidan,
Istiqlolim yo’l ochgan adolatidan!
Nodir qomusimiz – Konstitutsiya haqida sherlar.
Adolatli jamiyatga berganda baxo,
Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!
Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,
Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,
Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,
Bizni chorlamoqda haq ahillikka.
Tavsiya etamiz : Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar
Oddiylik adolatdir
Baxtiyorman hur elimning,
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.
Qomusimni bilmoq istadim
Qomusimni bugun bilmoq istadim,
Har moddasin dilga solmoq istadim.
Qomus erur qonunlarning to‘plami,
Qonunlarni dildan tuymoq istadim.
Qomus berdi huquqimni, burchimni,
Shon-shuhrati oshsin doim yurtimning.
Qonunlarni agar yaxshi o‘rgansam,
Albat yetar, qayga cho‘zsam qo‘limni.
Qish zavqi (bolalar uchun sheʼr)
Tiniq suv shildir-shildir,
Muz tagidan oqqanda.
Chana uchgim keladir,
Qish fasli qor yoqqanda.
Qor ustidan chanalar,
Gʼiz-gʼiz uchar oʼq kabi.
Chunki oʼynab bolalar,
Qizib ketar choʼgʼ kabi.
Baʼzan qor boʼron oʼynab,
Quvlashib qor otamiz.
Qorqiz, qorbobo yasab,
Qish zavqini totamiz!…
Qomusimiz – Huquq haqida sherlar.

Kunlar ichra ulug’ kun,
Yana bir bayram bugun.
Ulug’ kunligi shuki,
Qonunlar kuni bugun.
Bo’lim, bobdan iborat,
Bo’linib moddalarga.
Hamma qilar itoat,
Konstitutsiya qonunlarga.
Tavsiya etamiz : Ota va onalar haqida she’rlar
Barcha she’rlar to’plami ushbu telegram kanaldan olindi.








