Ota ona haqida sherlar

Ota ona haqida sherlar. Ushbu maqolada barchamiz uchun hayotimizni ajralmas qismiga aylangan ota va onalarimiz haqida she’rlarni joylashtiramiz. Ushbu she’rlar ijtimoiy tarmoqlardan olingan va eng saralari joylashtirilgan.

Ota ona haqida sherlar.

Onang hayot ekan ko’tar boshingga
Uni yo’qkla har daqiqa har damda

U qo’l cho’zsin avval suzgan oshingga
Onang erur eng ulug’ zot olamda

Xizmatiga bosh eg o’tirgan joyida
Onang o’tib ketsa yig’lash ne foyda

Onadek chin mushtoq mehribon qayda
Duosini olib qol bu dunyoda

Bir hovuch tuproqdan erur aslimiz
Odam ato momo havo naslimiz

Odamzot maymundan tarqagan emas
Iymonli kishi bu so’zlarni demas

Millati bittadir zoti insonning
Maskani ham bitta zoti insonning

Donolar hikmati hammasi rostdur
Odamzot bolasi birodar do’stdir

Onadan tug’ilgan har bitta inson
Ona bilan go’zal bu yorug’ jahon

Onani xo’rlagan topmaydi kamol
Noqobil farzandning umridir zavol

Har kimi onalar poyini o’par
Unga ergashganlar baraka topar.

Sizni sog’indim netay onajon.

Sizni sog'indim netay onajon.

Dil dardim bilmaydi
dilimdan bolak
Dildosh topilmaydi yolimdan bolak
Mani kim aldamas o’limdan bolak
Dilim yolgiz qoldi dilim onajon
Dunyo bevafo ekan qadimdan Pand
edim har pasga ishonganimdan
Birday ozor etdi dostu ganimdan
Dilim pora boldi dilim onajon
Suratim sarishta siyratim vayron
Ko’nglim chokib ummon yuzi qon
Umid uzolmayman uzulmoqda jon
Dilim ogrib qoldi dilim onajon
Tiriklay o’ldirib ketar ekan yor
Har nega to’ldirib etar ekan hor
Tushlarimga kiring bitta gapim bor
Dil sizni soginib qoldi onajon
Yodimga pariroy aksingiz kirar
Aksincha yomgirday ashkingiz kirar
Kelsa faqat sizni rahmingiz kelar
Dilim vayron boldi dilim onajon
Men sizni sogindim netay onajon.

Tavsiya etamiz : Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar.

Dadajonimga – ota haqida sherlar

Mol-dunyo o’tkinchi o’tadi degan,
Ko’zimni to’q qilgan nafsimsiz OTAM.
Egilgin, bukulgin, sinmagin degan,
Qaddimni boylagan g’ururim OTAM.

Birovning dilini og’ritma degan,
Siz mening eng toza vijdonim OTAM.
Tosh bo’ron qilsalar, tosh otma degan,
O’tkinchi dunyoda halolim OTAM.

Og’risam bildirmay parvona bo’lgan,
Asragan yagona nurimsiz OTAM.
Yig’lasam o’zini yer-ko’kka urgan,
Boshimni suyagan tog’imsiz OTAM!!!

Onamni Makkaga olib boraman.

Onamni Makkaga olib boraman.

Ishlarim yurishib ketsa galma-gal,
Kamlarim, g‘amlarim bo‘lsa butun, xal.
Dunyoni bir chetga qo‘yib eng avval,
Onamni Makkaga olib boraman.

Kaftidan qadoqi ketmagan hamon,
Men nodon qadriga yetmagan hamon.
Mehrimga hech da’vo etmagan hamon,
Onamni Makkaga olib boraman.

Qo‘yganman ko‘nglimni ko‘ngliga solib,
Orzuyim ushalmay ketmasa qolib.
Yo‘l bo‘yi ortimga orqalab olib,
Onamni Makkaga olib boraman.

Men yomon u yaxshi ko‘rgani haqqi,
Bormasam kelib hol so‘rgani haqqi.
Jonidan menga jon bergani haqqi,
Onamni Makkaga olib boraman.

Dunyoni ortidan ketsam gar yiroq,
Kutguchim ko‘z yummaj, o‘chirmay chiroq.
Yuzida ajin lim, sochlari oppoq,
Onamni Makkaga olib boraman.

Onamdek mehribon kishim bormi, yo‘q,
Bo‘lak kim ulchalik menga zormi, yo‘q.
Chin do‘stim farzandim, jigar, yormi, yo‘q,
Onamni Makkaga olib boraman.

Faslning farqi yo‘q yoz, ko‘klam, kuz, qish,
Aytingchi dunyoda bitganmi hech ish.
Ketib qabri uzra unmasdan qamish,
Onamni Makkaga olib boraman.

Jilmayar, ko‘nglida yashirin arzi,
Bo‘ynimda osig‘liq farzandlik qarzi.
Allohning xohishi, mo‘minlik farzi,
Onamni Makkaga olib boraman.

Ishlarim yurishib ketsa galma-gal,
Kamlarim, g‘amlarim bo‘lsa butun, xal.
Dunyoni bir chetga qo‘yib eng avval,
Onamni Makkaga olib boraman.

Bu dunyo tashvishin tugamaydi.

Bu dunyo tashvishin tugamaydi
Gohida turasan goh yiqilasan
Gohida yig’laysan goh kulasan
Bu dunyo tashvishin tugamaydi

Yiqilsang hej kuyunma
Tursang hej kerilma
Mol dunyo kelib ketar urunma
Bu dunyo tashvishi tugamaydi

Ota onang qadrin bil ulardir g’animat
Yonida turgin har vaqt
Ishlarim ko’p demagin faqat
Bu dunyo ishlari tugamaydi

Har on bo’lgin hushyora
So’ngra qolma pushaymonda
Ota onang duosin olgin har onda
Bu dunyo tashvishin tugamaydi

Ne qilsangham ozing bilarsan
O’z yo’ling o’zing toparsan
Qolma deymanda g’aflatda
Bu dunyo ishlarin tugamaydi.

Eslab kelay bir bor dadamni.

Kuylasin deb yurak nolamni,
Ishga soldim qog‘oz qalamni.
Ming tashvish dardi bor odamni,
Eslab kelay bir bor dadamni.

Suyanishga zabardast tog‘im,
Ular sabab namsiz qaro‘g‘im.
Mehrli ko‘z, issiq qucho‘g‘im,
Olam ichra tanho olamni,
Eslab kelay bir bor dadamni.

Qolsa bag‘rim omadga to‘lib,
Ozimdan ko‘p baxtiyor bo‘lib.
Mening dardim ko‘ksini yulib,
Menga-mendan kuygan odamni,
Eslab kelay bir bor dadamni.

Ko‘zlarimda porlagan baxtim,
Har ishdagi ilhomim shaxtim.
Umrumdagi podshohlik taxtim,
Suyanchig‘i jonim onamni,
Eslab kelay bir bor dadamni.

Ular sabab omadim kelib,
Doim yurdim ko‘ksimni kerib.
Bag‘rimni bag‘riga bir berib,
Farzandiga cheksiz xatamni,
Eslab kelay bir bor dadamni.

Boray desam, bahona har dam,
Bemehirsan ham demas dadam.
O‘g‘il bo‘lib bir bora men ham,
Duo olsam olib onamni,
Eslab kelay bir bor dadamni.

Ota ona haqida she’rlar.

Ota ona haqida she'rlar.

Dardlar keldi bulut bo’lib,
Davo meni tushungaymu?
Ketolmadim sukut bo’lib,
Navo meni tushungaymu?

Dilni “do’st”ga borib aytdim,
Alamimni yorib aytdim.
Yuzin burdi. Horib qaytdim,
Xato meni tushungaymu?

Ketsang, to’rt yon- yo’l, dedilar,
Sendan bezgan mo’l, dedilar.
Ginalarni qo’y, dedilar,
Vafo meni tushungaymu?

Ko’zlarimga tugdi tugun,
Ertalarim keldi bugun.
Ruhim bog’in kuzlatgan ul
Sado meni tushungaymu?

Xudo, deyman, ko’kka boqib,
“Meni chaqir, boray oqib…”
Yuragini oyda yoqib,
Samo meni tushungaymu?

Mendan Ranjima dunyo.

Osmoningda yulduz bor, yuragimda oqshomi,
Qirg’og’ini topmagan ko’zim-daryong xiromi.
She’rim bo’lib gullagan hayotning namozshomi,
O’zimga o’zim g’anim, mendan ranjima, dunyo.

Kechikmasa kuzaklar har gal yaproq to’kilgay,
Oftob otsa, guldagi shabnam-titroq to’kilgay.
Mening esa ko’ksimga darddan mudroq to’kilgay,
Ne qilay, mingdir kamim, mendan ranjima, dunyo.

Fazosin topmay turib oy ham hilol bo’larmu?
O’zanga tushmaguncha soy ham zilol bo’larmu?
Tuproqni anglamasdan kulol kulol bo’larmu?
Kerak alamim, g’amim, mendan ranjima, dunyo?

Qismati yozilarmish inson tug’ilmay turib,
Mening tug’ilgim kelmas, shafaqli ufqni ko’rib.
Qismatim har sahfidan sog’inch o’tar yugurib,
Sen emas sog’inganim, mendan ranjima, dunyo.

Dardlar kuylab yuribman umrning bayotidan,
Baxtli Baxtinisolar laylakning qanotida.
Tug’ilmoqqa, tushmoqqa kimningdir hayotidan
Hali kelmadi galim, mendan ranjima, dunyo!

Tavsiya etamiz : Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar.

Onamga kim kuyar axir onamga.

Ovunchog’m bir keldi deb olamga
Bor bisotim ehson qildim bolamga
Men shunchalik ojizmanmi yo rabim
Onamga kim kuyar axir onamga

Ikki kunlik jononlarni suydim men
Bir bevafo firoqida kuydm men
Nahot vijdonimni aldab qoydm men
Onamga kim kuyar axir onamga

Nuri diydam bir keldi deb olamga
Aytganini paydo qildim bolamga
Men shunchalik ojizmanmi yo rabim
Onamga kim kuyar axir onamga

Bandasiga kuyar ekan hudoyim
Suysa chindan suyar ekan hudoyim
Aytchi menga qo’ynimdagi begoyim
Onamga kim kuyar axir onamga

Agar bir kun kuya olsam onamga
Keksayganda zor bolmayman bolamga…

Otamga… – ota ona haqida sherlar.

Otamga... - ota ona haqida sherlar

Ota yuzingizga tushgan ajinning
har biri mening har sho’xligimmidi?
Hayot o’ksitganda yoki malhamday
Yoningizda bir zum yo’qligimmidi?

Sizdan olisdaman,manzilim yiroq,
Ilm istab yurgan tolibman ,ota
Hatto sochingizning teng yarmi oppoq
Bo’lganin ham sezmay qolibman ota

Bilaman qishloqda yumushlar talay
Boqqa qarash kerak,ro’zq’or ishlari…
Sizga yuklab quydim barini bugun,
Ko’kni ko’zlagancha ko’nglim qushlari

Yo hali yoshdirman balki beuyman
Bazan xayolimga kelmaydi qishloq
Ota siz hozirdan keksayib quymang
Qarang do’stlaringiz sizdanda yoshroq…

Ota, bardam bo’lingsuyanganim siz
Qolgan umrim xato ,ayanch bo’lmasa
Ne uchun dunyoga tuxfa etgansiz
Erta -indin sizga tayanch bo’lmasam?!

Siz ushbu maqoladan so’ng o’z fikringizni bildirishingiz ham mumkin

Leave a Comment

Scroll to Top