Ustozlar haqida sherlar, murabbiylar haqida she’rlar to’plami. Ushbu she’rlar to’plami ham turli xil ijtimoiy tarmoqlardan yig’ilgan hamda saralangan bo’lib, ularni o’qigan har bir foydalanuvchi undan rohat oladi. Ushbu she’rlar ustozlarga bo’lgan hurmatning yana bir ko’rinishi hisoblanadi.
Ustozlar haqida sherlar.

Ustozlarin sog’ingan,
Qarang har bir o’g’il-qiz.
Sinfdoshlar jam bo’lib,
Suhbatlashar shirinso’z.
****
Sog’inishgan, talpinar,
Ustozning quchog’iga.
Ko’p niyat-la kelishgan,
Bilimlar o’chog’iga.
Tavsiya etamiz : Do’stlik haqida she’rlar.
Birinchi ustoz haqida sher.

Qalam tutib qo’limga ilk bor,
Yozuv chizuv o’rgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni ko’p bor,
Ta’lim bergan birinchi Ustoz!
Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari roxatlar.
O’quvchimas sizga go’yo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi Ustoz!
Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!
Ko’p ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlariz o’rgatdiz bizga.
Bolada sho’xliklar qiladi menga,
Deb yana boshimiz silagan Ustoz!
Hanuz sog’inaman yoshlik chog’larim,
Deysiz bular mening óquvchim.
Ko’chada ko’rganda o’g’il,qizlarim,
Qayta o’qisaydim birinchi Ustoz!
Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi,
O’tgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg’ubor damlarim kutub tursaydi,
A’lo baholarni olardim Ustoz!
Shamshod Safar o’tdi yoshliging,
Ko’p beg’ubor ko’p sho’xliging.
Armon bo’ldi aziz maktabing,
Siz ardoqda birinchi Ustoz!
Ustozlar ko’zida nur – ustoz haqida sherlar
Ustozlar koʻzida nur
Porlab bizni kutadi.
Oʻquvchilar mehrini
Gulga qoʻshib tutadi.
Muallim – Abdulla Oripov.

Muallim haqida so‘zim ushbudir:
Muallim kamolot ichra ko‘zgudir.
O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.
Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan o‘zing, muallim.
Alisher qalbiga solgan sehr-fayz
Sensan,ey muallim, ustoz Abul-Lays.
Qutlug‘ xonadonda qutlug‘ kalom bu,
Hamid Olimjon bu, Gʻafur Gʻulom bu.
Buyuk Temur sendan topgandir ta’lim,
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim.
Rost aytsam, o‘zingsan eng avval daho,
Sen hayot ganjida durri bebaho.
Ulug‘ ayyomingda she’riy kalom bu,
Shogirdlar nomidan qutlug‘ salom bu .
Tavsiya etamiz : Boshqa she’rlar to’plami
Ustozlarni qutlar – ustoz haqida sher 4 qator
Kimdir minbarga chiqib
Bayram bilan tabriklar.
Bolalar qoʻshiq aytib
Ustozlarini qutlar.
Aziz Buyuk ustozim – ustoz haqida sher 8 qator
Qalblarida mehrdir,
So’zlarida sehrdir
Ko’zlari to’la quvonch,
Aziz buyuk ustozim.
Bolalarni sevasiz,
Bizga ta’lim berasiz,
Sabr qanoatlisiz
Mehri daryo ustozim.
Dasta-dasta gul tutsam,
Arzimas bu bilimga,
Barcha ezgulik sizga
Aziz buyuk ustozim.
O’qituvchilar kuni uchun she’r.

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan
Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.
Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.
Koplab bo’larmikan bu qarzni alxol,
O’zib bo’larmikan yuzta ganj bilan.
Aziz muallim.
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.
Ustoz haqida rus tilida she’r
Ваш скромный труд цены не знает,
Ни с чем он не сравним!
И все с любовью величают
Вас именем простым —
Учитель. Кто ж его не знает,
Простое имя это,
Что светом знаний озаряет
Живую всю планету!
Мы в вас берем свое начало,
Вы — нашей жизни цвет,-
И пусть года, как свечи, тают,-
Нам не забыть вас, нет!
Tavsiya etamiz : Boshqa she’rlar to’plami








