Kelajak soati 5-mavzu O’qituvchi va murabbiylar kuni – Ustozga ehtirom – millatga ehtirom!.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun materiallar.
Bolalarda tarbiyachi — ilk ustoz, bilim va o‘rganishning ahamiyati, turli kasblar hamda mehnatga hurmat haqida yoshiga mos tasavvurlarni shakllantirish; tarbiyachiga mehr va minnatdorlik tuyg‘usini rivojlantirish. o‘rganganlarini suhbat, o‘yin, amaliy va ijodiy faoliyatda ifodalashga yo‘naltirish.
Yuklab olish : 5-mavzu Mehribon tarbiyachim — mening suyanchim!
Telegramdan yuklab olish
1-4 sinf materiallar.
✓ Ustozning bola hayotidagi oʻrni, uning taʼlim berish, tarbiyalash va toʻgʻri yoʻl koʻrsatishdagi mehnati haqida yoshga mos tushuncha hosil qilish.
✓ Oʻquvchilarda ustozga hurmat va minnatdorlikni salomlashish, xushmuomalalik, diqqat bilan tinglash, maktab qoidalariga rioya qilish va ustozning mehnatini qadrlash orqali namoyon etish tuygʻusini shakllantirish.
✓ Ustozdan nafaqat fanlarni, balki odob, tartib, mehnatsevarlik, halollik, mehribonlik va masʼuliyat kabi yaxshi fazilatlarni oʻrganish.
✓ Berilgan vazifalarni mustaqil bajarish, oʻz xatosini anglash va uni tuzatishga intilish orqali oʻquv masʼuliyatini rivojlantirish.
Yuklab olish : 1-4 sinflar Ustozga ehtirom – millatga ehtirom!
Telegramdan yuklab olish
5-8 sinf uchun materiallar.
Mashg‘ulot maqsadi : O‘quvchilarga ustoz-shogird an’anasining xalqimiz ma’naviy merosidagi o‘rnini tushuntirish, ularda ustozga, kattalarga va o‘z millatiga nisbatan ehtirom, minnatdorchilik va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar o‘z bilimi, xulq-atvori va kelajakdagi kasbiy yo‘lini ustozlarga hurmat hamda millatga foydali bo‘lish g‘oyasi bilan bog‘lashga undaladi.
Yuklab olish : 5-8- sinflar Ustozga ehtirom – millatga ehtirom!
Telegramdan yuklab olish
9-11 sinf materiallar.
Mashg‘ulot maqsadi : O‘quvchilarda ustoz shaxsiga hurmat va ehtirom tuyg‘usini shakllantirish. Ustozning inson kamoloti, yosh avlod tarbiyasi hamda millat kelajagidagi beqiyos
o‘rnini anglatish.
Ustozga hurmat aslida ilm-ma’rifatga, milliy qadriyatlarga, inson qadriga va millat kelajagiga hurmat ekanini chuqur tushuntirish.
O‘quvchilarni ustoz mehnatini qadrlash. Uning ishonchini oqlash, olgan bilim va tarbiyasini ezgu maqsadlar yo‘lida qo‘llashga undash hamda ularda minnatdorlik, mas’uliyat, vatanparvarlik va ma’naviy yetuklik fazilatlarini rivojlantirish.
Yuklab olish : 9-11 sinflar Ustozga ehtirom – millatga ehtirom!
Telegramdan yuklab olish




