Kelajak soati 4-hafta mavzulari Men o’zbekistonlikman, Yangi O’zbekiston yangi yutuqlar maskani

Kelajak soati 4-hafta mavzulari Men o’zbekistonlikman, Yangi O’zbekiston yangi yutuqlar maskani, Men uchun Vatan nima? kabi mavzulardan iborat.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun.

Ta’limiy maqsad: Tarbiyalanuvchilarning Vatan, O‘zbekiston, oila va “katta uy — kichik uy” haqidagi o‘zlashtirgan tushunchalarini umumlashtirish va mustahkamlash.

Kutilayotgan natijalar : O‘zbekistonni o‘z Vatani sifatida taniydi va yoshiga mos fikr bilan ifodalaydi; “Kichik uy — oila, katta uy — Vatan” bog‘liqligini anglaydi;
yoshiga mos ijodiy ishni mustaqil yoki zarur yordam bilan bajaradi; tayyorlagan ishini ko‘rsatadi va qisqacha izohlaydi; Vatan va oilaga mehrni yaxshi xatti-harakatlar bilan bog‘laydi.

Yuklab olish : Maktabgacha  Men O‘zbekistonlikman

Diqqat ushbu faylni telegramdan ham yuklab oling : Yuklashga o’tmoq.

1-4 sinflar uchun kelajak soati 4-hafta mavzu.

TAʼLIMIY maqsadi : Oʻquvchilarning Vatan, Oʻzbekiston va oʻzbekistonlik ekanliklari haqidagi tushunchalarini mustahkamlash; Vatan haqidagi fikr va tuygʻularini hikoya, sheʼr yoki qisqa jumlalar orqali ifodalashga oʻrgatish.

TARBIYAVIY maqsadi : Oʻzbekistonlik ekanidan faxrlanish, Vatanga mehr va sadoqat, oʻz yurti hamda xalqiga hurmat tuygʻularini shakllantirish.

RIVOJLANTIRUVCHI maqsadi  : Ogʻzaki va yozma nutq, ijodiy fikrlash, xotira, ifodali nutq, tinglash va oʻz fikrini boshqalarga yetkazish koʻnikmalarini rivojlantirish.

Yuklab olish : 1-4- sinf 4-mavzu Men Oʻzbekistonlikman

Faylni telegramdan ham yuklab oling : Yuklash

5-8 sinf kelajak soati

Maqsad va kutilayotgan natijalar : Ta’limiy: oy davomida o‘rganilgan bilimlarni yakunlash va umumlashtirish;
Tarbiyaviy: Vatanga bo‘lgan shaxsiy his-tuyg‘ularni ongli ravishda ifodalash;
Rivojlantiruvchi: fikrni yozma ravishda izchil va ta’sirli bayon etish ko‘nikmasini shakllantirish.

Yuklab oling : 5-8-sinf 4-mavzu Men uchun Vatan nima

Faylni telegramdan yuklab oling : Yuklash

9-11 sinflar uchun.

Mashg‘ulot maqsadi O‘quvchilarda Vatan taqdiri uchun mas’uliyat, millatlararo totuvlikni qadrlash va yagona xalq sifatida jipslashish tuyg‘ularini shakllantirish;
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlarning o‘rni, amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar va zamonaviy imkoniyatlar haqida ma’lumot berish;
Tahliliy fikrlash, jamoada ishlash va o‘z fikrini asosli himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Yuklab olish : Yangi_O‘zbekiston_–_yangi_yutuqlar_maskani

Faylni telegramdan yuklab oling : Yuklash

Tavsiya etamiz : Kelajak soati mavzular ro’yxatiga o’tish

Scroll to Top