Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!. Mavzularni yuklash uchun fayl ustiga bosing.
Kelajak soati 1-mavzu.
1-mavzu (9-11 SINFLAR UCHUN) – —MASHG‘ULOT ISHLANMASI
1-mavzu. (5-8 SINFLAR UCHUN) —MASHG‘ULOT ISHLANMASI
1-mavzu 1–4-sinf oʻquvchilari uchun
1-mavzu Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun KELAJAK SOATI
Mashg‘ulot maqsadi
O‘quvchilarda Vatan taqdiri uchun mas’uliyat, millatlararo totuvlikni qadrlash va yagona
xalq sifatida jipslashish tuyg‘ularini shakllantirish;
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlarning o‘rni, amalga oshirilayotgan siyosiy
huquqiy islohotlar va zamonaviy imkoniyatlar haqida ma’lumot berish;
Tahliliy fikrlash, jamoada ishlash va o‘z fikrini asosli himoya qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirish.
Kutilayotgan natija
Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
mazmun-mohiyati, uning mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz hayotidagi ahamiyati haqida
tushunchaga ega bo‘ladilar. “Yagona Vatan, yagona xalq” g‘oyasining mazmunini anglab,
jamiyatdagi tinchlik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat va birdamlikning mamlakat rivoji uchun muhim
ekanini tushunadilar. Shuningdek, o‘quvchilarda Vatanga hurmat va sadoqat, milliy g‘urur
hamda fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ulari mustahkamlanadi. Ular o‘z fikrlarini erkin, mantiqiy va
dalillar asosida bayon qilish, turli qarashlarni tinglash va munozarada faol ishtirok etish
ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Eng muhimi, o‘quvchilar Yangi O‘zbekistonning kelajagini
yaratishda bilim, mehnat, tashabbus va hamjihatlik muhim omil ekanini anglab yetadilar.
Tavsiya etamiz : Boshqa mavzular

