Abituriyent ruxsatnomasi 2026: my.uzbmb.uz.
2026-yil oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar uchun ruxsatnomalar bosqichma-bosqich e’lon qilinmoqda. Endi har bir abituriyent o’z ruxsatnomasini my.uzbmb.uz platformasi orqali bir necha daqiqada yuklab olishi mumkin. Ushbu maqolada ruxsatnomani qayerdan va qanday yuklab olish, tizimga kirish tartibi, ruxsatnomani chop etish hamda uchrashi mumkin bo’lgan muammolarni hal qilish bo’yicha batafsil yo’riqnoma bilan tanishasiz. Agar siz ham 2026-yil test sinovlarida qatnashadigan abituriyent bo’lsangiz, ushbu qo’llanma siz uchun foydali bo’ladi.
1️⃣ Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. 6-Fanlar majmuasi degan sahifaning yuqorisida “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” degan yozuv paydo bo‘lgan.
2️⃣ Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!









