10-iyundan 2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.
✅ Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
✅3,5×4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
✅ O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar () — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
🗓 Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.








