Akademik litseylarga kirish ruxsatnomasini yuklab olish.
Akademik litseylarga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan o‘quvchilar diqqatiga!
Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini olishi mumkin:
1️⃣ my.edu.uz (https://litsey.edu.uz/) platformasida shaxsiy kabinetga login va parol bilan kirgan holda yuklab olishi;
2️⃣ Bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.
❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda (https://t.me/eduuz/28649)👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (https://t.me/eduuz/14335) (matn ustiga bosing)








