Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha mukofot puli beriladi

🔰Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — O’qituvchi va murabbiylari kuni” munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi qayd etilgan.

➡️ Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda oʻqituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.

Maʼlumot uchun, hozirgi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming soʻmni tashkil qiladi.

✔️ Yaʼni, pedagog va rahbar xodimlarga “1-oktyabr — O’qituvchi va murabbiylari kuni” munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha miqdorida mukofot puli beriladi.

Scroll to Top