Ustoz haqida maqollar to’plami

Ustoz haqida maqollar to’plami. Ustoz haqida eng mazmunli va ibratli xalq maqollari jamlanmasi. Ushbu maqollarda ustozning inson hayotidagi o‘rni, ilm va tarbiyaning ahamiyati, shogirdning ustozga bo‘lgan hurmati hamda ustoz va shogird o‘rtasidagi munosabatlar aks etgan.

Maqollarni maktab tadbirlari, Kelajak soati, sinf soatlari, taqdimotlar, insholar va tarbiyaviy mashg‘ulotlar uchun foydalanish mumkin.

Ustoz haqida maqollar to’plami.

  • Ustoz mehri — ota mehri.
  • Har ishning bir ustasi bor,
    Har ustaning bir ustozi bor.
  • Ustoz ko‘rgan xat tanir.
  • Usta bo‘lsang, ustozingni unutma.
  • Ustoz — otangdan ulug‘.
  • Ustozsiz shogird — jonsiz kesak.
  • Otaning duosidan ustozning faxri yaxshi.
  • Ustozingga tik qarasang, to‘zasan,
    Hurmat qilsang, asta-asta o‘zasan.
  • Shogirdning befarosati
    Ustozni muttaham qilar.
  • Ustoz bilimli — shogird ilmli.

Tavsiya etamiz : Boshqa mavzularda maqollar.

Ustoz o’gitlari.

🔷 Agar biron ishni a’lo darajda bajaraman desang, uchta shartga rioya qil: shoshmasdan gapir, shoshilmasdan yur, shoshmasdan ovqat tanovul qil.

🔷 Agar dunyoda nomim qolsin desang: ilmu-hunarli bo‘l, solih farzand tarbiya qil, shogird tayyorla.

🔷 Nyuton daraxt ostida yotganida boshiga olma tushgandan keyin olam tortishish qonunini yaratganidek, har bir inson boshiga tashvish tushgandagina o‘z taqdiri haqida qayg‘ura boshlaydi.

Tavsiya she’rlar : Ustoz va murabbiylar haqida she’rlar

Scroll to Top