Sahifamizda Kelajak soati mavzusi doirasida zamonaviy gadjetlar va men tushunchasi haqida, zamonaviy gadjetlardan foydalanish haqida so‘z yuritamiz.
Gadjetlar va men – texnologiya hayotimizdagi o’rni.
Reja:
-
Zamonaviy gadjetlar haqida tushuncha.
-
Ularning foydali va zararli tomonlari.
-
Xavfsiz va madaniyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Bugungi davrni gadjetsiz tasavvur qilish qiyin. “Gadjet” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “kichik qurilma” degan ma’noni bildiradi. Hozirgi kunda telefon, planshet, noutbuk, quloqchin, aqlli soat kabi turli xil gadjetlar bizning kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan.
Gadjetlarning foydali jihatlari juda ko‘p. Masalan, telefon yordamida yaqinlarimiz bilan tezkor aloqaga chiqamiz, dars tayyorlaymiz, kerakli ma’lumotlarni internetdan topamiz. Aqlli soatlar esa sog‘lig‘imizni nazorat qilishga yordam beradi. Bularning barchasi inson hayotini yengillashtirishga xizmat qiladi.
Ammo gadjetlarning salbiy tomonlari ham bor. Ularni haddan tashqari ko‘p ishlatish ko‘zga zarar yetkazishi, insonning vaqtini behuda olishi mumkin. Ba’zida virtual olamga berilib ketish o‘quvchi va yoshlarning o‘qishga bo‘lgan e’tiborini kamaytiradi.
Shu sababli gadjetlardan foydalanishda me’yorni saqlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, internet madaniyatiga amal qilish juda muhimdir. Foydali taraflaridan unumli foydalanib, zararli odatlardan uzoq turishni o‘rgansak, gadjetlar biz uchun haqiqiy yordamchiga aylanadi.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy gadjetlar hayotimizning bir bo‘lagiga aylangan. Ular bizning darslarimizda, muloqotimizda, hatto sog‘lig‘imizni asrashda ham qo‘l keladi. Eng asosiysi – ulardan xavfsiz va madaniyatli foydalanishni bilishdir.









