1-chorak markazlashgan CHSB fanlari va test tuzilmasi.
2025–2026 o‘quv yilining 1-choragida o‘tkaziladigan markazlashgan CHSB fanlari hamda ularning test topshiriqlari tuzilmasi ma’lum bo‘ldi. Quyida sinflar kesimida o‘quvchilar topshiradigan fanlar va test baholash mezonlari bilan tanishing.
Sinflar bo‘yicha fanlar:.
5–6-sinflar:
-
Ona tili (ta’lim tili bo‘yicha)
-
Matematika
7-sinf:
-
Biologiya
-
O‘zbekiston tarixi
8-sinf:
-
Fizika
-
Algebra
9-sinf:
-
Ona tili (ta’lim tili bo‘yicha)
-
Algebra
10-sinf:
-
Kimyo
-
Algebra
11-sinf:
-
Ingliz tili
-
Algebra
Test topshiriqlari tuzilishi:
Ish umumiy 16 ta savoldan iborat bo‘lib, maksimal 40 ball bilan baholanadi:
| Ko‘nikma turi | Savollar soni | Ball miqdori | Umumiy ball |
|---|---|---|---|
| Bilish | 4 ta | 2 ball | 8 ball |
| Qo‘llash | 10 ta | 2.6 ball | 26 ball |
| Mulohaza | 2 ta | 3 ball | 6 ball |
| Jami: | 16 ta | 40 ball |
Eslatma:
Mazkur CHSB fanlari bo‘yicha test sinovlari chorak yakunida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini tahlil qilish maqsadida o‘tkaziladi. Har bir fan bo‘yicha natijalar tegishli ta’lim muassasasi orqali e’lon qilinadi.









