Mardlar qo’riqlaydi vatanni tadbir ssenariysi

Mardlar qo'riqlaydi vatanni tadbir ssenariysi

Mardlar qo’riqlaydi vatanni tadbir ssenariysi.

“Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” nomli tadbir ssenariysi Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mardlik, jasorat va vatanparvarlik g‘oyalari asosiy o‘rinni egallaydi. Ushbu sahifada maktablar, bog‘chalar va turli muassasalar uchun mo‘ljallangan tayyor tadbir ssenariysi, sahna ko‘rinishlari, boshlovchilar nutqi hamda bayram dasturi jamlangan. Ssenariy 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni tadbirlarini mazmunli va ta’sirli o‘tkazish uchun mos keladi.

Mavzu: Mardlar qo’riqlaydi Vatanni.

Maqsad:a) Vatan  himoyachilari  kuni   haqida  ma’lumot  berish;

в) O’quvchilarni Vatanga,o’zbek  xalqining  buyuk siymolariga,  vatan  uchun  jonini fido  qilgan,  shahid  ketgan   afg’on  jangchilariga  muhabbat  ruhida  tarbiyalash,  ularni qiyinchiliklarga  bardosh  berishga, harbiylarning og’ir  mashaqqatli  mehnatini  hurmat   qilishga chaqirish;

  1. s) Milliy iftixor tuyg’usi  ruhida

Maktab   faollar  zali  va  sahnasi  bayramona  bezatilgan.  Amir Temurning:  «Askari  qudratli  mamlakat  boy  bo’lur”,  «Kuch  adolatdadir» kabi  o’gitlaridan  namunalar  plakatlarda  aks  ettirilgan.  Zalning  bir  tomonida  “O’zbekiston  Respublikasi  Qurolli  kuchlari –  yurt  tinchligi va  xavfsizligining  kafolatidir, “O’zbekiston  qonunlari,” “Harbiylar   hayotidan”  kabi sarlavhalar  ostida  fotoko’rgazmalar  tashkil  etilgan. Ikkinchi   tomonda  esa “Vatan  posbonlari”, “Biz  munosib  izdoshlarmiz”  kabi  mavzularda   o’quvchilarning  yozgan  ijodiy  ishlari,  ma’ruzalari  va rasmlari.  Shuningdek,  zal Vatan  himoyachilari  kuniga bag’ishlangan  devoriy  gazetalar, rang-barang  gullar  va  sharlar  bilan  bezalgan.

Bayram  tantanasiga  hokimiyat, xalq  ta’limi  xodimlari,  harbiy  faxriylar  va  xizmatchilar,  askarlar  va  ularning  yaqinlari,  mahalla  faollari, faxriy  ustozlar  va  ota- onalar  taklif  etiladi.

Ma’naviyat  va  ma’rifat  bo’yicha  direktor  o’rinbosari  tadbirni  ochiq  deb  e’lon  qiladi.

O’zbekiston  Respublikasi  Davlat   madhiyasi  yangraydi. Tadbir  qatnashchilari, taklif  etilgan   mehmonlar, o’quvchilar  o’ng  qo’lini  ko’ksiga  qo’yib, madhiyaga  jo’r  bo’ladilar.

Maktab  direktori  Vatan  himoyachilari  kuni   haqida   tushuncha  berib,  barchani  bayram  bilan  qutlaydi.

Maktab  direktori  1992- yil 14-  yanvarda  O’zbekiston  Respublikasi   Oliy  Kengashining “O’zbekiston  Respublikasi  hududida  joylashgan harbiy  qismlar va harbiy  o’quv  muassasalari  to’g’risida”gi  qarori  asosida O’zbekistonning    o`z  Qurolli  Kuchlari tashkil  etildi.O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1993- yil 29 – dekabrdagi “Vatan  himoyachilari  kuni belgilash  to’g’risida”gi  qonunga  binoan,  14 –yanvar- Vatan  himoyachilari  kuni,deb  e’lon  qilindi.

Mustaqillik  yillarida   Yurtboshimiz  tashabbusi  bilan  amalga  oshirilayotgan   harbiy  islohatlar  jarayonida  qisqa  muddat  ichida  O’zbekistonda  mamlakatimiz  xavfsizligi  va  barqarorligi  sarhadlarimiz   daxlsizligini  ishonchli  himoya   qilishga  har  jihatdan  qodir  bo’lgan  zamonaviy,eng  yangi  qurol  -yaroqlar  va  harbiy  texnika  bilan  ta’minlangan  mutlaqo  yangi  milliy  armiyamiz  vujudga  keldi.

Uning  zamirida  xalqimizning  ming  yillar davomida  shakillangan  qadimiy  an`ana  va  qadriyatlari,buyuk  ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi,Amir Temurning  vatanga  bo’lgan  muhabbati va  yurtga  bo’lgan  sadoqatida  mujassamdir.

Albatta,biz  o’z  milliy  armiyamiz  bilan  har  qancha  faxrlansak  arziydi.

Barchalaringizni  Vatan  himoyachilari     bayrami  kuni  bilan  chin  dildan  tabriklayman. Sog’lik,  omad, baxt  sizni  hech  qachon  tark  etmasin.

( Maktab  direktori  tadbirga  kelgan  mehmonlar  bilan tanishtiradi va  so’zni  tadbirni  boshqarib  boruvchi  oquvchilarga  beradi).

 

 I-boshlovchi:

Assalom , armiyam,  ulug’   ostonam ,

Onamday  mehribon,  qutlug’  ostonam!

Bag’ringda  to’lamiz  kuchga,  quvonchga,

Bo’lamiz  izmingda  mardona  har dam!

 

II  boshlovchi:

Assalom,  davrimiz  olov  yoshlari,

Buyuk  kelajakning    ijodkorlari!

Assalom,  ertaning  yaratguvchisi,

Yurtimiz  shavkati, nomusi,  ori!

 

I  boshlovchi:

Assalomu  alaykum,  aziz  mehmonlar, qadrli  o’qituvchilar  va  jamiyki   davra  ahli!

Bugun  maktabimizda  katta  tantana,Mustqil  O’zbekistonimiz  vatan  himoyachilarining, jasur  va  mard  askarlarining  bayramlari.

II  boshlovchi:

Vatan  himoyachilari  davlatimiz  xavfsizligi  va  xalqimizning  tinch  hayotini  ta’minlaydilar. Yurt  tinchligi vatan  ozodligi  va  mustaqilligi  bilan  chambarchas  bog’liqdir.

Bayramingiz  muborak  bo`lsin,aziz  harbiylar!

(Bir  guruh  harbiy  kiyimdagi  o’g’il  bolalar  shaxdam  qadamlar  bilan “Harbiylar  qo’shig’i”ni kuylab,sahnaga  kirib   keladilar).

Elim deb, yurtim  deb  yashar  harbiylar,

Gayrati  Amuday  jo’shar  harbiylar.

Ona  yurt – Turonda  tinchlik  yo’lida

Insoniy  burchini  o’tar  harbiylar!

 

Naqorat:

Ey,dunyo  nazari  tushgan  hur  o’lka,

Sen  bilan  biz  doim  elkama-elka.

Yo’lboshching  yonida kamarbastamiz,

Metinday  mustahkam  po’lat safdamiz.

Ahdimiz  oqlshga burchli,  haqlimiz,

Osuda, tinch  yasha, ey yurt, xalqimiz!

Osmon-u falakda,  hushyor  harbiylar!

Sarhadda, izmida  hushyor  harbiylar!

Yomon ko’z, yovlardan  elni  asrshga

Kecha-yu kunduzi tayyor  harbiylar!

 

 Naqorat

Elim deb, yurtim  deb  yashar  harbiylar,

Qudrati  kundan – kun oshar harbiylar!

Adolat, Halollik, Tinchlik  shiori,

Insoniy  burchini  o’tar  harbiylar!

 

I – o’quvchi:

Salom,  sizga, eng  oily  kalom,

O’zbekiston  mard  posbonlari!

Sizga  ta’zim,  sizga ehtirom,

Ey  bahodir, pahlavonlari!

2 – o’quvchi:

O’z  izmida  hushyor  hamisha

Ezgu  ishga  safarbar  sherlar!

Eyr –u  osmon, tog’, davon  osha

Mard –u  maydon  muzaffar  erlar!

3 – o’quvchi:

Yurtimning  biz – jasur  o’g’lonlarimiz,

Elimiz  tinchligin  posbonlarimiz,

Sergakmiz,  hushyormiz kecha –yu  kunduz,

Haq – u  adolatning  qalqonlarimiz.

4 – o’quvchi:

Istiqlol  mayog’i  porlagay  abad,

Erkimiz  tug’idan  nurafshon  hayot.

Bunyodkor,  mehnatkash  ona  xalqimiz,

Otalar  g’ururi  bizga  qo’sh  qanot.

5 – o’quvchi:

Tog’ qadar  yuksalsin  shon – shavkatimiz,

Dovul  yo’lin  to’sgay  kuch – qudratimiz.

Baxt –u  farovonlik  tutgan  yo’limiz,

Jahonda  omonlik  shul  ibratimiz.

6 – o’quvchi:

Biz,buyuk  Turonning  mard o’g’lonlari,

Hamisha  adolat, haq  qalqonlari.

Ona  vatan  uchun  xizmatga  shaymiz,

Yashnasin, gullasin  yurt  qo’rg’onlari!

 

 

I  boshlovchi:

Endi  e’tiborlaringizga  vatan  haqidagi  rivoyat  asosida  tayyorlangan  sahna  ko’rinishini  havola  etamiz.

Rivoyatchi:

Qadimgi  hoqonlar  davrida  Mote  ismli  yosh  hukumdor  yashagan  ekan.  Qo’shni  hoqon  uning  yurtiga  elchi  yuboribdi.

Elchi:  Hoqonimiz  aytdilarki:”Siz  sevimli  tulporingiz –  sutdek  oq, muqaddas  otingizni   berar  ekansiz,  bermasangiz,   yurtingizga  urush  qilamiz”.

Yosh   hoqon:  Menga  yurtim,  fuqarolarim  tinchligi  kerak. Shu  bitta  ot  uchun  urush   qilmoqchi  bo’lsang, olaqol.

 

Rivoyatchi: Mote  yurt  osoyishtaligi  uchun  tulporini  berib  yuboribdi.

 

Hoqon  sevinib,  yana  elchisini  yuborib,  bu  gal  Motening  kanizagini  so’rabdi  va   niyatiga   yetibdi.

Uchinchi  gal  elchi  kelib,  hukmdordan  qarovsiz,  biror  giyoh  o’smaydigan,yil  bo’yi  suvga  zor  bir  parcha  yerni  so’rabdi.

Vazir  va  uning  ayonlari  sukut  saqlab   qolgan  yosh  hukumdorga   shunday  debdilar:“Hoqonim,  Siz  ulardan  sevimli  otingizni  va  kanizagingizni ayamadingiz. Mayli,  o’sha  bir  parcha  tashlandiq  yerni  ham  beraylik.”

 

Hoqon:  Yo’q  tulpor,  kanizak   menga  tegishli   edi, berdim.  Ammo bu  bir  parcha  yer –  vatan  va  uning   uning  sarhadlarida,  ota – bobolar,  navara – chevaralarning  ham haqqi  bor.

Ularning  haqini  boshqalarga  berolmayman.

U  yer  –

Garchi  o`sha  bir  parcha  yer

Qizib  yotar  naq  tandir.

Begona  yer  emas,

Bizlar  uchun  vatandir.


Rivoyatchi:
  Hukumdor bir  parcha  yerni dushmanga   bermaslik  uchun  xalqini   safarbarlikka  otlantiribdi. Ona  yurt  ishqini  yurakka  joylab,  jangga  kirishgan  qo’shinni  ko’rib,  ularning  shiddatiga   dosh  berolmay  dushman  yengilibdi.

 

II  boshlovchi:

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining XI  bob 52 – moddasida  shunday  deyiladi:   “O’zbekiston  Respublikasini himoya  qilish – O’zbekiston  Respublikasi   har  bir  fuqarosining   burchidir.  Fuqarolar  qonunda  belgilangan  tartibda   harbiy  yoki  muqobil  xizmatni  o’tashga majburdir. ”

 

(Askarlikka  kuzatish  marosimi   ko’rsatiladi).

I  boshlovchi:

Endigi  tabrik  so’zini yaqindagina  harbiy  xizmatni  o’tab  qaytgan  askar  yigit  Anvarjondan  eshitsak.

  Harbiy  askar:  Vatan  himoyachilari  kuni  muborak  bo’lsin!

Men yaqinda  harbiy  xizmatdan  qaytdim. Harbiy  xizmatni  o’tash  har  bir  yigit uchun sharafli  burchdir.

Davlatimiz  tomonidan  mudddatli  harbiy   xizmatni o’tab qaytgan  askarlarga  ko’pgina  imtiyozlar  berilgan. Jumladan,  namunali   xulqi, intelektual  salohiyati,  astoydil  xizmati  bilan  boshqalarga  o’rnak  bo’lgan  askarlarga  oily  o’quv  yurtlariga kirishlari  uchun  tavsiyanomalar  beriladi.  Bunda  ular  oily  ta’lim  muassasalariga  kirish  uchun  yig’ilgan  maksimal  ballning  yig’ilgan 27 % iga  imtiyozli  ravishda  ega  bo’ladilar. Bu  esa  yurtboshimiz  tomonidan biz  askarlarga ko’rsatilayotgan yuksak  e’tibor va  g’amxo’rliklar  samarasidir.

Bularning  barchasi  biz  -yoshlarni  ona  – vatanimizni  asrab- avaylashga , uning  shuhratini  yanada  yuksaltirish yo’lida   o’qib,izlanishga  va  hayotda  o’z  munosib  o’rnimizni topishga   undaydi.Men  bundan   faxrlanaman  ( O’quvchilar   harbiy  askarga  guldastalar  taqdim  etishadi).

(“Andijon  polkasi”  raqsi ijro  etiladi).

   I  boshlovchi:  Endi   harbiylar   hayotidan   qatra  xandalar   tomosha   qiling.

Bir  harbiy  xizmatdan   horib,   charchab   qaytib  kelayotsa ,   yo’lda  bitta   shisha  idish  topib   olibdi.    Shisha   og’zini    ochgan   ekan,    undan   bitta   jin  chiqib   kelibdi.

U  jindan   so’rabdi:

– Sen   haqiqatdan    jinmisan?

-Albatta,xo’jayin.

-Hamma  narsani  qilishni,ayganlarimni  uddalashni  bajara   olasanmi?

-Albatta,xo’jayin.

-Unda  menga  chet elga  borish  uchun   bitta  “zagranpasport”

qilib   ber!

-Uch  yuz  dollor,  xo’jayin!

-A?

-Ha.  Hozir  jinlar  ham  tadbirkor   bo’lib   ketishgan-ku!

II boshlovchi  Har  bir  askar  xizmati  Vatanga   qasamyod  qilishdan   boshlanadi  va   unga   umrbod  amal  qiladi.

Sahna  pardasi  ochiladi.  Sahna  to’rining   markazida  harbiy  xizmatga   chaqirilgan   askarning  tik  turgan  davlat    bayrog’i  oldida  tiz  cho’kib, do’stlari  yonida   qasamyod qilayotgan   payti  tavirlangan.Uning  yonida oq libosda turgan askar onasining Vatan  himoyasiga   otlangan   o’g’lonlar uchun   duoga   qo’l   ochib,oq  fotiha  berayotgani tasviri keltirilgan.

Ayni  shu  pallada  ikki  o’quvchi  qo’lida  guldasta  bilan sahnaning  ikki chekkasida  turib  she’r  o’qiydi.

1-  o’quvchi:

Shaxdam  qadam  ila  olg’a  bosarlar,

Bo’y-  basti  kelishgan,o’ktam  o’g’lonlar,

Havas  ila  boqar  sizga  odamlar,

Xalqni  baxt-la  asragan,ko’ksi qalqonlar!

2- o’quvchi:

Tinchlik  hukm  surar  yurt  osmonida,

Anvoyi  gullar  bor  bog’-  bo’stonida,

Hamisha  hushyordir  yurt  qo’rg’onida,

Mudom  omon  bo’lsin,  bedor  posbonlar!

( O’quvchilar “Botir  askarlar ” qo’shig’ni  ijro   etishadi).

I  boshlovchi:  Endi  sahnaga  harbiylar  sulolasi  vakillarini taklif  qilamiz.

Marhamat.

Ota  va  o’g’ilcha  harbiy  kiyimda  shaxdam  qadamlar  ila  sahnaga  chiqib  kelishadi.

O’g’il : Dadajon,askar  akam

Qadam  tashlar  gurs, gurs, gurs

Vatanimga,xalqimga

Sodiqman  deb  began  so’z.

Shundaymi?

Ota: –  Shunday!

O’g’il : Men  ularning  ukasi,

Qanday  bo’lishim  kerak?

Vatan  ishiga  tayyor –

Bo’lib  turishim  kerak.

Shundaymi?

Ota: –  Shunday!

O’g’il : Vatanimni,   xalqimni

Ko’z  qorachig’imdek  asrayman.

Askar  akamga  o’xshab,

El  ishonchin  oqlayman.

Shundaymi?

Ota: –  Shunday!

Ofarin,ota  o’g’il,

Tilginangga  bol -shakar,

Sen  ham  bir  kun  ulg’ayib,

Bo’lasan  botir  askar.

 

II  boshlovchi:  Yana  sizlarni  qatra  xandalar  tinglab,  tomosha  qilishga   taklif  etamiz.

Praporshik  uyiga  kelib  xotiniga  dedi:

– Qornim  rosa  ochiqdi, darhol  olib  kelgin  ovqatingni.

Xotin  unga  nisbatan  nolishini  boshladi:

– Bugun  shunday  charchadim- ki! Kun  bo’yi  bir  marta  o’tirib  turishga ham vaqtim  bo’lmadi.

– Praposhikning  xotiniga  rahmi  keldi va  uni  ikki yuz  marta o’tirib  turishga   majbur  qildi.

I boshlovchi: 

Yurtimizda  To’marisning  avlodlari  Barchinoyday  shiddatli,  shaxdli,qasamyodiga sodiq,  ahdlari  qutlug’  posbon  libosini  kiygan  ayollarimiz talaygina.  Biz  ana  shu  elkalarida  yulduzchalar  porlab  turgan   xotin-  qiz  harbiylarimizni  bugungi  bayram  ila  quyidagi  ash’or  ila  chin  ko’ngildan  tabriklaymiz.  Doimo  ular  sog’ – salomat  bo’lishsin,  omad,  baxt  ularni  hech  qachon  tark  etmasligini  tilab  qolamiz.

     1- o’quvchi:

Baxtlisizlar, kun  tun  elga  tinchlik  so’rab,

Lekin  doim  yurolmaysiz  kulib  yayrab.

Yurtni ko’proq  sevgim  kelar  sizga  qarab,

El  posboni  libosin  kiygan   qizlar.

     2- o’quvchi:

Elkangizda  yulduzchalar  porlab  turar,

Sizni  mudon  yorug’likka chorlab  turar.

Siz  kulganda  osoyishta  olam  kular,

El  posboni  libosin  kiygan   qizlar.

  • o’quvchi:

Siz- jasur  malikasiz,jur’atlisiz,

Gulchehrasiz-hamda  go’zal  siyratlisiz,

O’rni  kelsa,shamoldan  ham  shiddatlisiz,

El  posboni  libosin  kiygan   qizlar.

I  boshlovchi:

Hurmatli  mehmonlar,aziz  ustozlar!Shu  aziz  vatan  deb, el-u yurt  tinchligini o’ylab,shahid ketgan marhum  ota – bobolarimiz,  akalarimiz  xotirasi uchun  bir  daqiqa   sukut  saqlashlaringizmi  so’rayman.

II  boshlovchi: 

Jonlar  fido  Vatanga,

Bu  gullagan  chamanda.

Yuqtirmaymiz   zarra  gard,

Nomi  aziz  jon- tanga!

I  boshlovchi:  

Yog’diramiz  ming  rahmat

Onamiz,  otamizga!

Omon  qolmas  yov,  kalxat,

Suqsa  bosh  yurtimizga!

II   boshlovchi:

Shuning  bilan  Vatan  himoyachilari kuniga  bag’ishlab  tayyorlangan  tadbirimiz o’z  nihoyatiga  yetdi.

E’tiborlaringiz  uchun   tashakkur!  Doimo  sog’ –  omon  bo’linglar!

Mardlar-qoriqlaydi-vatanni-bayram-dasturi yuklab olish

 

Scroll to Top