Xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi

30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.

📝 Arizalar tavsiyanoma.ijro.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

Mazkur tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi. O’tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o’qishga kira olmagan xotin-qizlar joriy yilda tavsiyanoma olish uchun yana qayta murojaat qilishlari kerak.

‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️

Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi.

Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi.

Leave a Comment

Scroll to Top