Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 6-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi ().

Kirish imtihonlarining birinchi bosqichida matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) bo‘ladi.

⏰ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

❌ Topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, javoblar varag‘iga belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida o‘tkaziladi.

Kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Leave a Comment

Scroll to Top